Due to quarantine temporarily not working
-
-
-
Yangi mahsulotlar1 974 000 UZS17 262 000 UZS4 130 000 UZS376 750 UZS
Biz haqimizda
FORT PRO kompaniyasi O'zbekistonda deyarli 20 yildan beri faoliyat olib bormoqda. Kichik partiya kompyuter texnikasini yetkazib berish bilan boshlab, biz asta-sekin, ma'lumotlar tarmoqlari qurish, deyarli har qanday turdagi uskunalarni yetkazish, loyihalashtirish, montaj ishlarini olib borishga o’tdik, shuningdek har xil murakkab darajalari ishlarni o'lchash va sozlash kompleks yechimlar toppish uchun amalga oshiriladi.
Bugungi kunga qadar FORT PRO - O'zbekistonda ma'lumotlar uzatish tarmoqlarini loyihalash va qurishda yetakchi tizim integratorlaridan.
Bugungi kunga kelib kompaniya xodimlari hisobida o'nlab ma'lumotlar uzatish tarmoqlari bor, ular orasida:
- APO "Uzmetkom", "Olmaliq KMK" Ohangaron sement zavodi, Bekobod sement zavodi optik tolali tarmog’i negizida Kampus Hisiblash Tarmoqlari (KHT).
- "O'zbekenergo" DAK Boshqaruv binolar kompleksida mahalliy hisoblash tarmog’i (optik tolali kabel tizimi bilan);
- "ORIENT FINANS BANK" Bosh ofisining MHTni modernizatsiya qilish;
- UzKDB Bank va InFinbank bosh ofislarining strukturalangan kabel tizimlari (SKT);
- "Kapitalbank" ATB filiallarining SKT qurilishi;
- XOATB "InFinbank"ning filial tarmog'i SKT qurilishi;
- HAB "Trastbank" filial tarmog'lari SKT qurish;
- AKFA kompaniyalari korxonalarida optik tolali aloqa liniyalaridan foydalangan holda ma'lumotlar uzatish tarmoqlarini qurish;
- "ARTEL" kompaniyasining korxonalarida optik tolali aloqa liniyalariga asoslangan ma'lumotlar uzatish tarmog'ini qurish;
- O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining Milliy kinologiya markazining SKT
- "Hisor" va boshqa obyektlarda optic tolalar tizimini sozlash.
«FORT PRO kompanyasi loyihalashtirish va qurish ishlaridan tashqari, jahondagi yetakchi ishlab chiqaruvchilarning ma'lumot tarmoqlari uchun materiallar va uskunalarni O'zbekiston Respublikasi bozoriga» eng yirik yetkazib beruvchilari biri hisoblanadi.
Kompaniyamiz mijozlariga o'zining materiallarining asosida axborot tarmoqlarini yaratish quyidagi afzalliklarga ega:
- materiallar va uskunalar xaridorga arzon narxlarda yetkazib beriladi;
- ishni bajarish muddati va avans to'lovlari optimallashtirilishi mumkin, chunki uskunalar sotib olishning hojati yo'q;
- mijozning iltimosiga binoan, nostandart uskuna yetkazib berilishi mumkin.
2015-yil oktabr oyida "FORT PRO" o'ziga yangi yo'nalishni ochdi - "Sotuvlar va serverlarga xizmat ko'rsatish va saqlash tizimlari uchun yechimlar". Ayni paytda, FUJITSU, HUAWEI serverlarning eng ommabop konfiguratsiyalari kompaniyaning omborlarida mavjud - turli hil mijozlar ehtiyojlariga yo'naltirilgan. Kompaniyamiz mutaxassislari mijozga muayyan talablar yoki vazifalar uchun eng maqbul yechimlarni taqdim etishga doimo tayyor.
Bizning maqsadimiz mamlakatimiz tashkilotlarida zamonaviy axborot tizimlarini joriy etish, mijozlarimizning faoliyatini optimallashtirishdir.
Sizni hamkorlarimiz orasida ko'rishga juda xursand bo'lamiz!
Nima uchun biz?
O'zbekiston bozorida 20 yildan ortiq tajribaga ega
Shtatda 30 dan ortiq mutaxassislar
Muammolarning tez va samarali yechimi
Bizning maqsadimiz
Har bir mijoz uchun sifatli xizmat
Kompaniyalar bilan uzoq muddatli hamkorlik
Ko'p yillik tajriba va professional jamoaga tayanib, video nazorat va tarmoq uskunalari bilan bog'liq muammolarni yechish
Bizning afzalliklarimiz
Zamonaviy jihozlar
Materiallar va uskunalar xaridorga arzon narxlarda yetkaziladi
Foydali hamkorlik
Ishlarni vaqtida o'tkazish va avanslarni optimallashtirish mumkin, chunki uskunalar sotib olishning hojati yo'q
Xaridor qulayligi
Buyurtmachining iltimosiga ko'ra, nostandart uskuna buyurtma berilishi mumkin
Biz quyidagi kompaniyalar bilan ishlaymiz:
Fujitsu
Huawei
Intel
TP-LINK
D-LINK
A4tech
Delux
Microlab
Must-Pawer
FP-Mark
Aevision
Grandstream
"Fort pro" tarmoq uskunalarini yetkazib beruvchi yetakchi kompaniya hisoblanadi
-
-